Huquqiy davlatni shakllantirish - hozirgi zamon taraqqiyotining obyektiv tendensiyasi
Chuqur o‘zgarishlar hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda. Olg‘a qarab muhim siljishlar jahonning hozirgi qiyofasini keskin o‘zgartirmoqda. Xalqlarning ozodlik, mustaqillik va baxt sari azaliy intilishlari, o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash yo‘lidagi qat’iyatlari ularni harakatlantiruvchi kuchga aylangan.